«Barselona»dagi vaziyatdan «Real» yutqazishi haqida

«Barselona»dagi vaziyatdan «Real» yutqazishi haqida
Foto: «Marca»
«Real Madrid» klubi sobiq prezidenti Ramon Kalderon «Barselona»dagi vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.
«Barselona»dagi vaziyatdan «Real» yutqazishi haqida
Ramon Kalderon. Foto: «FootBoom»
«Primerada «Barselona»ga o‘xshagan jamoaning borligi juda muhim. U «Real»ning jiddiy raqibi, bu qarama-qarshilik har ikki jamoa uchun foydali. Xuddi Messi va Ronaldu o‘rtasidagi kurash kabi. Biri «Barselona», ikkinchisi «Real»da o‘ynab eng yaxshi futbolchilarga aylandi. Kimo‘zarga sovrinlar uchun kurashga kirishib ketishgani uchun. «Real» va «Barselona» bilan ham shunday bo‘lishi kerak.

Jamoalar doim raqobatlashadi. Maqsad-mohiyat ham shunda. Hozir «Barselona» og‘ir damlarni boshdan kechiryapti. Mantiqqa solinsa, bu raqib uchun yutuq. Ammo hozirgi vaziyatda emas. «Barselona» — katta jamoa va u «Real»ning dushmani emas. Kataloniyaliklar rahbariyati bilan munosabatlarimiz a’lo darajada. «Barselona»dagi vaziyat — «Real» uchun yomon yangilik
», — «Goal.com» Roman Kalderondan ana shunday iqtibos keltirmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.