“Rostov” sobiq ustozi: “Shomurodovga Yevropadagi faoliyatini boshlashi uchun Italiya juda mos keladi”

“Rostov” sobiq ustozi: “Shomurodovga Yevropadagi faoliyatini boshlashi uchun Italiya juda mos keladi”
Rossiyalik mutaxassis Dmitriy Kirichenko “Rostov” forvardi Eldor Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tishi haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.
- Bu oldinga qadam, ertami-kech u buni qilishi kerak edi, deya so‘z boshladi Kirichenko. – Bu “Rostov”ning Yevropa Ligasidan chiqib ketishi bilan bog‘liq yo yo‘qligini bilmayman. Biroq, ehtimol bu ham ta’sir o‘tkazgandir. Italiya – Shomurodov uchun ajoyib tanlov. Angliyada esa qiyinroq bo‘lardi. Eldor – mehnatkash, tezkor, pozitsiyani yaxshi tanlaydi, omadsiz seriyaga qaramasdan gol urishni ham uddalaydi. U yosh va Yevropadagi faoliyatini boshlashi uchun Italiya juda mos keladi.

O‘ylashimcha, “Rostov” ko‘p narsa yo‘qotmaydi. Poloz, Ionov va ular kabi bosh bilan yomon o‘ynaydigan hujumchilar bor. Shomurodovga yaxshigina summa to‘lashmoqchi – 8-9 mln yevro. “Rostov”ning yevrokuboklarda ishtirok etmayotganini hisobga olsak, nega bunday bo‘lmasligi kerak?, deya so‘zlarini yakunlagan donliklar sobiq murabbiyi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.