YECHL. «Real» o‘z maydonida «Inter»ni yengdi, «Liverpul» va «Bavariya» raqibini tor-mor etdi

YECHL. «Real» o‘z maydonida «Inter»ni yengdi, «Liverpul» va «Bavariya» raqibini tor-mor etdi
Foto: Getty Images
Chempionlar Ligasida A, V, S, D guruhlarida 3-tur o‘yinlari yakunlandi.

A guruhida «Bavariya» gollarga boy bahsda «Zalsburg» ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. «Atletiko» Moskvada «Lokomotiv»ni mag‘lub eta olmadi.

V guruhida «Real» o‘z maydonida «Inter»ni mag‘lub etishni uddaladi va turnirdagi ilk g‘alabasiga erishdi. «Borussiya» M safarda «Shaxtyor»ga 6ta gol urib, guruh peshqadamiga aylanib oldi.

S guruhida «Manchester Siti» va «Portu» raqiblarini yirik hisobda yengishdi.

D guruhida «Liverpul» safarda «Atalanta»ga umuman imkoniyat qoldirmadi va ochkolarini 9taga yetkazdi. Mersisaydliklar safida Jota xet-trikka erishdi. «Ayaks» Daniyada 3 ochko oldi.

A guruhi

Zalsburg – Bavariya 2:6
Gollar:
Berisha (4), Okugava (66) – Levandovski (21 penalti, 88), Kristensen (44, avtogol), Boateng (79), Sane (83), Ernandes (90+2).
Zalsburg – Stankovich, Kristensen, Ramalo, Veber, Ulmer, Soboslai, Mvepu, Kamara, Yunuzovich (Okugava, 65), Berisha (Ongyuen, 75), Koyta (Okafor, 65).
Bavariya – Noyer, Boateng, Ernandes, Pavar (Sarr, 74), Alaba, Gnabri (Kosta, 90+1), Tolisso (Martines, 75), Myuller (Musiala, 90+1), Kimmix, Koman (Sane, 75), Levandovski.

Lokomotiv – Atletiko 1:1
Gollar:
Miranchuk (25, penalti) – Ximenes (18).
Lokomotiv M – Gilerme, Ribus, Serkeyra, Raykovich, Ignatev, Krixovyak, Kulikov, Miranchuk (Ribchinskiy, 89), Jivoglyadov, Ze Luish, Smolov (Jemaletdinov, 64).
Atletiko – Oblak, Savich, Ximenes, Tripper, Lodi, Errera, Saul (Koke, 46), Korrea (Lemar, 69). Lorente (Vitolo 69, Torreyra 78), Joau Felish, Suares.

V guruhi

Real – Inter 3:2
Gollar:
Benzema (25), Ramos (33), Rodrigo (80) – Martines (35), Perishich (68).
Real – Kurtua, Mendi, Varan, Ramos, Vaskes, Valverde, Kroos (Modrich, 78), Asensio (Rodrigo, 64), Kazemiro, Azar (Vinisius, 64), Benzema.
Inter – Handanovich, Yang, de Vrey, D`Ambrozio, Hakimi, Barella (Galyardini, 78), Vidal (Nainggolan, 87), Perishich (Sanches, 78), Brozovich, Bastoni, Martines.

Shaxtyor – Borussiya M 0:6
Gollar:
Plea (8, 26, 79), Bondar (17, avtogol), Bensebaini (44), Shtindl (65).
Shaxtyor – Trubin, Bondar, Dodo, Xocholava, Korniyenko, Markos Antonio (Alan Patrik, 46), Marlos (Kovalenko, 46), Tete, Solomon, Tayson (Morayes, 46), Maykon (Stepanenko, 69).
Borussiya M – Zommer, Ginter, Layner (Lang, 82), Elvedi (Yankto, 82), Bensebaini, Kramer, Shtindl (Volf, 69), Hofmann (Lazaro, 75), Noyxaus, Plea (Traore, 82), Tyuram.

S guruhi

Manchester Siti – Olimpiakos 3:0
Gollar:
Torres (12), Jezus (81), Kanselu (90).
Manchester Siti – Ederson, Uoker (Kanselu, 82), Ake, Stounz, Zinchenko, Ferran Torres, de Bryuyne (Nmecha, 86), Mahrez (Jezus, 69), Gundo‘g‘an, Sterling (Silva, 82), Foden (Rodri, 69).
Olimpiakos – Joze Sa, Ruben Semedu, Rafinya, Xolebas, Sisse, Mvila, Kamara (Masuras, 73), Ranjelovich (Bruma, 46), Buxalakis (Rodrigesh, 46), Valbuena (El-Sudani, 85), El-Arabi (Koka, 76).

Portu – Marsel 3:0
Gollar:
Marega (4), Serjiu Oliveyra (28, penalti), Dias (69).
Amalga oshirilmagan penalti: Payet (10).
Portu – Marchesin, Sanusi, Manafa, Mbemba, Sarr, Dias (Nakadzima, 75), Otavio (Taremi, 88), Korona (Viyeyra, 85), Serjiu Oliveyra (Gruich, 88), Marega (Baru, 88), Uribe.
Marsel – Mandanda, Alvaro Gonsales, Amavi, Chaleta-Sar, Kamara (Strotman, 82), Payet (De Lima, 65), Ronje, Toven (Ake 82), Sanson (Kyuizans, 65), Sakai, Benedetto (Jermen, 77).

D guruhi

Atalanta – Liverpul 0:5
Gollar:
Jota (16, 33, 54), Saloh (47), Mane (49).
Atalanta – Sportello, Moxika (Ryujeri, 81), Toloi, Palomino, Hatebur, Pashalich (Malinovskiy, 63), Gomes (Lammers, 81), Froyler, Gimshiti, Muriel (Pessina, 53), Sapata.
Liverpul – Alisson, Uilyams, Aleksander-Arnold (Neko Uilyams, 82), Gomes, Robertson (Keyta, 66), Saloh, Veynaldum (Simikas, 82), Mane, Jons, Jota (Firmino, 65), Henderson (Milner, 66).

Midtyulland – Ayaks 1:2
Gollar:
Dreyer (18) – Antoni (1), Tadich (13).
Midtyulland – Andersen, Svyatchenko, Andersson (Kols, 64), Shols, Paulino Silva, Sisto, Mabil, Kayuste (Evander, 81), Oneka, Dreyer (Krayev, 75), Kaba (Vibe, 81).
Ayaks – Onana, Blind, S\'hyurs (Alvares, 60), Talyafiko, Martines, Promes, Gravenberx, Tadich, Ekkelenkamp (Klassen, 46), Antoni (Traore, 90), Mazraui (Klayber, 77).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.