JCh-2022 ga yo‘l olgan terma jamoaga qancha pul mukofoti beriladi?

JCh-2022 ga yo‘l olgan terma jamoaga qancha pul mukofoti beriladi?
Agar Bosniya va Gersegovina terma jamoasi 2022 yil Qatarda o‘tadigan mundialda qatnashish huquqini qo‘lga kiritsa, 12 mln dollar mukofot puliga ega bo‘ladi, deya xabar beradi \"klix.ba\".

Biroq, bu summa jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadigan boshqa ishtirokchilarga ham tegishli, chunki, FIFA final bosqichiga chiqqan jamoalarga 10 mln dollar ajratadi va musobaqaga tayyorgarlik uchun 2 mln dollar o‘tkazib berishi ko‘zda tutilgan.

Umuman, Qatarda o‘tadigan musobaqaning mukofot jamg‘armasi 700 mln dollarni tashkil etadi va jahon chempioni 50 mln dollarni qo‘lga kiritadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.