Ronaldu va Pogba rokirovkasi tayyorlanyapti

Ronaldu va Pogba rokirovkasi tayyorlanyapti
“Yuventus” rahbariyati to‘rt yil muqaddam “Manchester Yunayted”ga o‘tib ketgan Pol Pogbani ortga qaytirish harakatiga tushib qoldi.
Pogba qishki transferlar vaqtida Angliyadan ketish bo‘yicha Sulsher bilan kelishib olgani e’lon qilindi.

“Manchester Yunayted” Pogbani asl narxidan ancha arzon – 50 million funtga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi. Turinliklar bu summani to‘lamasdan, fransiyalik futbolchini Krishtianu Ronalduga almashtirishni taklif qilmoqda.

Avvalroq, “Manchester Yunayted”ning titul homiysi bo‘lgan Chevrolet avtokonserni Krishtianu Ronaldu transferi va maoshining bir qismi uchun mablag‘ ajratishga tayyor ekanini bildirgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.