«Latsio»ga qarshi o‘yindan keyin italiyalik muxlislar Shomurodov haqida nimalar deyishdi?

«Latsio»ga qarshi o‘yindan keyin italiyalik muxlislar Shomurodov haqida nimalar deyishdi?
O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasi 15-turidan o‘rin olgan «Latsio»ga qarshi o‘yinda «Jenoa» safidagi eng yorqin o‘yinlaridan birini o‘tkazdi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan hujumchi «Sampdoriya» va «Parma»ga qarshi bahsda bo‘lgani kabi yana qutqaruvchi vazifasida paydo bo‘ldi.

Shomurodov 58-daqiqada to‘pni maydonning «Jenoa» harakat qilayotgan tomonida qabul qilib olib, oldinga bordi va ajoyib dribling bilan Lukas Leyvani aldab, Destroning gol urishi uchun deyarli hamma ishni qilib berdi. Xuddi «Sampdoriya»ga qarshi o‘yinda Skamakkaga amalga oshirgan uzatmasi kabi. Destroning goli «Jenoa»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi va kuchli raqib bilan o‘yinda Ballardini jamoasi ochko oldi.

Shomurodov A Seriyadagi ikkinchi samarali harakatini amalga oshirdi. «Parma»ga qarshi o‘yinda A Seriyadagi ilk golini urgan Eldor bu gal birinchi marta golga assistentlik qildi. Aslida «Milan»ga qarshi o‘yindagi Destroning golida ham Eldor golga assistentlik qilgandi desak, to‘g‘ri bo‘ladi, chunki aynan uning zarbasidan so‘ng Donnarummaning qaytargan to‘pini Destro golga aylantirgandi. Masalan, futbol menejer o‘yinlarida bu harakatga ochko yoziladi.
«Latsio»ga qarshi o‘yindan keyin italiyalik muxlislar Shomurodov haqida nimalar deyishdi?
Shuningdek, Eldorning hisobida Italiya kubogida amalga oshirilgan bitta assist bor. Shu tariqa Eldor Shomurodovning Italiyadagi faoliyatida hozircha shunday statistika: 10 ta o‘yin, 1 ta gol, 2 ta assist. «Latsio»ga qarshi o‘yinda Eldor uchun o‘zini ko‘rsatish ikki karra muhim edi, chunki yangi murabbiyi Ballardini uni oldingi o‘yinda zaxirada qoldirgandi. Shu sabab Eldor yangi ustoziga maydonga tushishga haqli ekanini isbotlashni xohlardi. Buning uddasidan chiqdi ham. Ballardini o‘yindan keyin «Shomurodov va Destroning kombinatsiyasi sizni ajablantirdimi?» deb berilgan savolga xotirjam javob berdi: «Eldorni mashg‘ulotlarda murabbiy sifatida kuzatyapman, Destroni esa anchadan beri bilaman. Shu sabab ularning harakati meni ajablantirdi deya olmayman».

Biroq Tvitterda italiyalik muxlislar Eldorning harakatlariga Ballardini kabi xotirjam baho berishmadi. Ko‘pchilik u haqda iliq fikrlar bildirdi, «Jenoa»ning asosiy o‘yinchisi deganlar ham bo‘ldi hatto. Quyida Eldor Shomurodov haqida bildirilgan juda ko‘p fikrlardan ba’zi e’tiborlilarini keltiramiz.
«Latsio»ga qarshi o‘yindan keyin italiyalik muxlislar Shomurodov haqida nimalar deyishdi?
«Shomurodov maydonga tushgan deyarli barcha o‘yinlarda birorta samarali harakatni amalga oshiryapti. Texnikasi joyida, Leyvani osongina aldab o‘tib, Destroni qulay vaziyatga olib chiqdi. Balki u mavsum davomida 15 ta gol urmas, lekin aynan u ishonish mumkin bo‘lgan futbolchi», deb yozgan italiyalik muxlislardan biri. Unga javob yozgan boshqa bir muxlis shunday dedi: «U orqaroqda o‘ynovchi pleymeyker vazifasidagi hujumchi bo‘lishi kerak. Afsuski, bunday futbolchiga jon saqlab qolish uchun kurashayotgan jamoa eng yaxshi variant emas».
«Latsio»ga qarshi o‘yindan keyin italiyalik muxlislar Shomurodov haqida nimalar deyishdi?
«Bir ochko ham yomon emas, ayniqsa unga mehnat bilan erishgan bo‘lsang. Ballardini zo‘r o‘zgarishlar qildi, Shomurodov chempionlardek porladi».
«Latsio»ga qarshi o‘yindan keyin italiyalik muxlislar Shomurodov haqida nimalar deyishdi?
«Eldordan yaxshiroq o‘yinni kutyapman, u hujumni yakunlash ustida ishlashi kerak. Asosiysi, aqlli futbolchi. Menga qolsa, doim Eldor va Destro birga o‘ynasin».
«Latsio»ga qarshi o‘yindan keyin italiyalik muxlislar Shomurodov haqida nimalar deyishdi?
«Yuventus»ning to‘rtinchi hujumchisi Shomurodov bo‘lishi kerak. U o‘zbek Kavanisi».
«Latsio»ga qarshi o‘yindan keyin italiyalik muxlislar Shomurodov haqida nimalar deyishdi?
«Mattia [Destro] zo‘r, lekin Eldor shedevrni amalga oshirdi».
«Latsio»ga qarshi o‘yindan keyin italiyalik muxlislar Shomurodov haqida nimalar deyishdi?
«Shomurodov bu uchrashuvda zo‘r o‘ynadi. Ajoyib assist va gol urishiga ham ozgina qoldi».
«Latsio»ga qarshi o‘yindan keyin italiyalik muxlislar Shomurodov haqida nimalar deyishdi?
«Shomurodov olqishga munosib o‘yin ko‘rsatdi. Bor gap shu».
«Latsio»ga qarshi o‘yindan keyin italiyalik muxlislar Shomurodov haqida nimalar deyishdi?
«Shomurodov «Latsio»ning uchta himoyachisini o‘ziga qaratib, Destroga qulay vaziyat yaratdi. Haqiqiy hujumchi».
«Latsio»ga qarshi o‘yindan keyin italiyalik muxlislar Shomurodov haqida nimalar deyishdi?
Rus nashrlari ham Eldorning o‘yinlarini hamon kuzatib bormoqda. Match TV uning ajoyib assistini muxlislariga ulashdi.
«Latsio»ga qarshi o‘yindan keyin italiyalik muxlislar Shomurodov haqida nimalar deyishdi?
«Rostov»ning fan kanallarida hamon Shomurodovning muvaffaqiyatidan xursand bo‘lishadi. Axir Eldor aynan ular uchun 61-raqamni tanlagan-ku.
«Latsio»ga qarshi o‘yindan keyin italiyalik muxlislar Shomurodov haqida nimalar deyishdi?
«Rostov» muxlislaridan biri Eldorning assistini shunday izohladi: «Shomurodovning Italiyada 61-raqamda o‘ynayotganini tomosha qilyapman».
«Latsio»ga qarshi o‘yindan keyin italiyalik muxlislar Shomurodov haqida nimalar deyishdi?
«Roma» muxlislari esa Eldorning assisti orqali «Latsio»ni troll qilishdi: «Siz hech qachon to‘rtga ikki chiqib gol urolmagan bo‘lardingiz», qabilida tvit yozdi «bo‘rilar» muxlislaridan biri «Latsio»ning akkauntini belgilab.
«Latsio»ga qarshi o‘yindan keyin italiyalik muxlislar Shomurodov haqida nimalar deyishdi?
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov mavsum avvalida Rossiyaning «Rostov» klubidan «Jenoa»ga o‘tgan. Uning transferi uchun genuyaliklar 7,5 million yevro to‘lagan. Shomurodovning harakatlariga qarab rostovliklar yana 1,5 million yevro bonus olishi mumkin. Shomurodov o‘zbek futbolchilari ichida Ilyos Zeytullayevdan keyin «kuchli beshlik»da maydonga tushgan ikkinchi futbolchi. «Parma»ga qarshi o‘yinda «kuchli beshlik»da gol urgan ilk o‘zbekistonlikka aylangan Shomurodov «Latsio»ga qarshi o‘yinda «kuchli beshlik»da golga assistentlik qilgan ilk o‘zbekistonlik bo‘ldi.

1995 yil Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan Eldor Shomurodov futbolchilik faoliyatini Muborakning «Mash’al» klubida boshlagan. Keyinchalik uni Toshkentning «Bunyodkor» klubi o‘z safiga qo‘shib olgan. 2017 yil Shomurodov Rossiyaning «Rostov» klubiga o‘tgandi. 2015 yildan buyon O‘zbekiston milliy jamoasi safida debyut qilgan hujumchi hozirgacha milliy jamoa safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan. Eldor bu borada faoliyatini tugatmagan futbolchilar orasida Odil Ahmedov bilan birga yetakchilik qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.