Shomurodov «Jenoa»da ikkinchi golini urdi

Shomurodov «Jenoa»da ikkinchi golini urdi
Italiya A Seriyasi 16-turidan o‘rin olgan \"Sassuolo\" - \"Jenoa\" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Ikkinchi taym avvalida Boga hisobni ochdi. Biroz o‘tib, Eldor Shomurodov boshi bilan urilgan gol orqali muvozanatni tikladi. Bahs yakuni arafasida Raspadori hal qiluvchi golni kiritib, jamoasiga g‘alaba taqdim etdi.

Ushbu o‘yindagi 3 ochko orqali \"Sassuolo\" onlayn jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. \"Jenoa\" esa 19-pog‘onada qoladigan bo‘ldi.

\"Sassuolo\" – \"Jenoa\" 2:1
Gollar:
1:0 – 52 Boga, 1:1 – 64 Shomurodov, 2:1 – 83 Raspadori.

\"Sassuolo\" – Konsili, Rojerio, Myuldyur, Ferrari, Ayxan, Djurichich (Raspadori, 74), Manyanelli (Burabiya, 58), Berardi (Defrel, 35), Lokatelli (Obiang, 74), Boga, Kaputo (Traore, 58).

\"Jenoa\" – Perin, Dzappakosta, Masello (Gilone, 57), Krishito, Chiborra (Pyatsa, 57), Badel (Rovella, 58), Radovanovich, Lerager, Zays (Destro, 82), Skamakka (Goldaniga, 71), Shomurodov.

Ogohlantirishlar: Krishito (12), Masello (23), Ayxan (39), Burabiya (59), Goldaniga (85), Myuldyur (86).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.