Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga qur’a tashlandi

Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga qur’a tashlandi
Foto: Getty Images
Shveysariyaning Syurix shahrida klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibi — «Bavariya» va Libertadores Kubogi sohibi («Santos» yoki «Palmeyras») o‘z yurishini yarim finaldan boshlaydi.

Chorak final uchrashuvlari bilan tanishining:
1.«Tigres» (Meksika) — «Ulsan Hyunday» (Janubiy Koreya)
2.«Ad-Duhayl» (Qatar, mezbon) — «Al-Ahli» (Misr)

Libertadores Kubogi sohibi «Tigres»—«Ulsan» uchrashuvi g‘olibiga duch kelsa, «Bavariya» esa «Ad-Duhayl» yoki «Al-Ahli» bilan to‘qnash keladi.

Chorak finallar 4 fevral kuni, yarim final bahslari esa 7 va 8 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Final 11 fevral kuniga rejalashtirilgan.
Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga qur’a tashlandi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.