"UFC 257"ning eng yaxshi ishtirokchilariga atalgan bonuslar e’lon qilindi. Mahmud Muradov Dena Uayt e’tiboriga tushdi

"UFC 257"ning eng yaxshi ishtirokchilariga atalgan bonuslar e’lon qilindi. Mahmud Muradov Dena Uayt e’tiboriga tushdi
Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida \"UFC 257\" turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu janglardan birida hamyurtimiz Mahmud Muradov oktagonga ko‘tarildi.

Amerikalik Endryu Sanchesga qarshi bahsning 3-raundi o‘tib borayotgan bir paytda hamyurtimiz texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
Janglardan so‘ng \"UFC 257\" turnirining eng yaxshi ishtirokchilariga atalgan bonuslar e’lon qilindi. Ular qatorida Mahmud Muradov ham bor.

1. Dastin Pore
2. Maykl Chendler
3. Marina Rodriges
4. MAHMUD MURADOV

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev telegramdagi sahifasida eng yaxshi ishtirokchilar qatorida Muradovning borligi va endi u UFC prezidenti Dena Uayt e’tiboriga tushganini yozdi. \"Tabriklaymiz jangchimizni. Endi u aniq Dena Uayt e’tiboriga tushdi\", - dedi Davron Fayziyev.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.