Infantino: «Qatardagi jahon chempionati tomoshabinlar to‘la stadionlarda o‘tadi»

Infantino: «Qatardagi jahon chempionati tomoshabinlar to‘la stadionlarda o‘tadi»
FIFA va JSST hamkorlikda o‘tkazgan matbuot anjumanida Janni Infantino Qatardagi 2022 yilgi jahon chempionati tomoshabinlar to‘la stadionlarda o‘tishini ma’lum qildi.

«Stadionlar to‘ladi. U paytga borib koronavirus ustidan g‘alaba qozonamiz, barchamiz u bilan birga yashashga o‘rganamiz», — jurnalist Rob Harris FIFA prezidentidan ana shu iqtibosni keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatarning besh shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.