Xayrulla Hamidov: 2004 yilda tug‘ilgan bolakay darvozabonimizning muammosini ko‘ra bildi

Taniqli jurnalist va futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov o‘z \"You Tube\" sahifasida O‘zbekiston - Gana uchrashuvi haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi:
\"Gana B jamoasi bo‘lishiga qaramay, juda muhim masalada muammomizni ochib bera oldi. Abramovning peshonasiga mana shunday taqdir bitilgan, shekilli. Uzoqdan o‘tkazib yuborilgan gollar uning faoliyatida ko‘p uchraydi. Hattoki, u bosh murabbiy bo‘lgan paytlarda terma jamoamizning ishonchli posboni Nesterov bilan ham mana shunday gollar qo‘yib yuborganmiz. Ignatiyda faqat shu masalada muammo bor edi, boshqa jabhalarda u juda zo‘r darvozabon.
2004 yilda tug‘ilgan Fatau darvozabonimizning muammosini ilg‘ay bildi. U birinchi taymda uzoqdan berilgan zarbalarga darvozabonimiz reaksiyasini kuzatib o‘tirdi va maydonga tushgach, uning ojiz tomonidan foydalana oldi. Ganalik yosh futbolchi zarba yanada kuchliroq berilsa, darvozabon uni qaytara olmasligini bildi\", - dedi Xayrulla Hamidov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!\"Gana B jamoasi bo‘lishiga qaramay, juda muhim masalada muammomizni ochib bera oldi. Abramovning peshonasiga mana shunday taqdir bitilgan, shekilli. Uzoqdan o‘tkazib yuborilgan gollar uning faoliyatida ko‘p uchraydi. Hattoki, u bosh murabbiy bo‘lgan paytlarda terma jamoamizning ishonchli posboni Nesterov bilan ham mana shunday gollar qo‘yib yuborganmiz. Ignatiyda faqat shu masalada muammo bor edi, boshqa jabhalarda u juda zo‘r darvozabon.
2004 yilda tug‘ilgan Fatau darvozabonimizning muammosini ilg‘ay bildi. U birinchi taymda uzoqdan berilgan zarbalarga darvozabonimiz reaksiyasini kuzatib o‘tirdi va maydonga tushgach, uning ojiz tomonidan foydalana oldi. Ganalik yosh futbolchi zarba yanada kuchliroq berilsa, darvozabon uni qaytara olmasligini bildi\", - dedi Xayrulla Hamidov.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













