Bahodir Jalolov raqibini nokaut qildi

Bahodir Jalolov raqibini nokaut qildi
Bokschimiz Bahodir Jalolov faoliyatidagi navbatdagi jangini o‘tkazdi. Toshkentda o‘tkazilgan boks oqshomida hamyurtimiz latviyalik Kristaps Zutsisga qarshi ringga ko‘tarildi.

6 raundga mo‘ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi. Hamyurtimiz raqibini ikkinchi raundda nokaut qildi.

Ma’lumot uchun Bahodir shu kungacha prof boksda 7 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.