Bugun "Gubernator kubogi"da to‘rt nafar bokschimiz jang qiladi

Bugun "Gubernator kubogi"da to‘rt nafar bokschimiz jang qiladi
Ayni kunlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida \"Gubernator kubogi\"turniri davom etmoqda. Ma’lumki, ushbu nufuzli turnirda terma jamoamiz kuchli tarkibi bilan ishtirok etmoqda. Bugungi kunga qadar bir nechta vazn toifasidagi vakillarimiz o‘z janglarini o‘tkazib ulgurdi. Bugun ham to‘rtta bokschimiz ringga ko‘tariladi.

-52 kg: Shahobiddin Zoirov - Nurjigit Dyushebayev (Qirg‘iziston)
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov - Dacha Butdi (Tailand)
-63 kg: Elnur Abduraimov - Ilya Popov (Rossiya)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Artyom Fyodorov (Rossiya)

Janglar Toshkent vaqti bilan soat 18:00dan so‘ng boshlanadi. Mazkur bahslarda yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
 
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.