6 ta gol urilgan o‘yinda "Liverpul" MYU ustidan g‘alaba qozondi

6 ta gol urilgan o‘yinda "Liverpul" MYU ustidan g‘alaba qozondi
Angliya Premer-ligasida 34-turning qoldirilgan o‘yini o‘tkazildi. Unda \"Manchester Yunayted\" maydoniga safar qilgan \"Liverpul\" 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Brunu Fernandesh hisobni ochgan bo‘lsa, mehmonlar safida dubl qayd etgan Firmino hamda bi gol urgan Jota tarozi pallalarini jamoasi tomon o‘zgartirdi. Ikkinchi taymda Reshford hisobni qisqartirdi. Asosiy vaqt so‘ngida Salah birga-bir vaziyatdan unumli foydalanib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, 60 taga yetkazib olgan holda, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 2-pog‘onani band etgan MYU hisobida 70 ochko mavjud.

Manchester Yunayted – Liverpul 2:4
Gollar:
Fernandesh (10, 1:0), Jota (34, 1:1), Firmino (45+3, 1:2), Firmino (47, 1:3), Reshford (68, 2:3), Saloh (90, 2:4).
Manchester Yunayted – Xenderson, Shou, Lindelef, Bayi (Bayi, 86), Uan-Bissaka, Maktomini, Pogba, Fred (Grinvud, 63), Brunu Fernandesh, Kavani, Reshford.
Liverpul – Alisson, Fillips, Uilyams, Aleksander-Arnold, Robertson, Fabino, Veynaldum (Jons, 74), Saloh (N.Uilyams, 90+2), Tiago Alkantara, Diogu Jota (Mane, 74), Firmino.
Ogohlantirish: Bayi (48), Maktomini (80), Kavani (85).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.