Oxirgi 5 o‘yinda 4 ta gol: Shomurodov «Atalanta»ga ikkita gol urdi (video)

Oxirgi 5 o‘yinda 4 ta gol: Shomurodov «Atalanta»ga ikkita gol urdi (video)
2-taymda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan genuyaliklar forvardi Eldor Shomurodov dublni rasmiylashtirdi. Shu tariqa, Eldor oxirgi 5 o‘yinda 4 ta to‘p kiritdi. Avvalroq, u “Latsio” (3:4) va “Spetsiya” (2:0) darvozasini ishg‘ol etgandi.

25 yoshli hujumchi chempionat joriy mavsumidagi gollari sonini 7 taga yetkazib, to‘purarlar ro‘yxatida jamoadoshi Goran Pandev, Aleksis Sanches (“Inter”) va Edin Jeko (“Roma”) kabi futbolchilar bilan tenglashib oldi. Shuningdek, o‘zbekistonlik hisobida bitta assist ham bor.
\"\"

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.