Eldor Shomurodov "Atalanta"ga ikkita gol urganidan keyin nimalar dedi?

Eldor Shomurodov "Atalanta"ga ikkita gol urganidan keyin nimalar dedi?
\"Jenoa\" hujumchisi Eldor Shomurodov \"Atalanta\"ga qarshi bahsdan so‘ng (3:4) klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Ushbu o‘yinda o‘zbekistonlik hujumchi zaxiradan maydonga tushib dublga erishdi.

- Bugun zaxiradan maydonga tushib darhol gol urdingiz, o‘yinga juda yaxshi qo‘shilib ketdingiz...
- Ha, maydonga tushishdan oldin murabbiy menga aytgan ko‘rsatmalarni bajarishga urindim xolos.

- A Seriyadagi debyut mavsumda hozircha 7ta gol urdingiz. Buni kutganmidingiz?
- Kutmagandim, ammo o‘zimni yaxshi tomonlama ko‘rsatishga harakat qildim.

- Goran Pandev bilan birga o‘ynash haqida nima deysiz?
- Bu ajoyib. Undan ko‘p narsa o‘rganish mumkin va hozirgacha ko‘p narsa o‘rgandim.

- Bu mavsumdagi eng yodda qolgan golingiz qaysi?
- \"Spetsiya\" bilan bahsdagi gol, sababi o‘sha o‘yinda g‘alaba qozongandik.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.