"Barselona" afsonasi yangi mavsumni "Bavariya"da boshlashi mumkin

"Barselona" afsonasi yangi mavsumni "Bavariya"da boshlashi mumkin
\"Barcelona\" yarim himoyachisi Serxio Buskets yozgi transferlar vaqtida klubini o‘zgartirishi mumkin.
AS nashrining yozishicha, “Barselona” bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan 32 yoshli ispaniyalik futbolchi \"Bavariya\"ga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.

\"Barselna\" Buskets faoliyatini klubda tugatadi deb o‘ylagan edi, ammo jamoadagi og‘ir iqtisodiy va sportdagi vaziyat \"ko‘k-anor rangilar\" rahbariyatini Busketsni klubni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritishga majbur qildi.

Buskets “Barselona” safida 2008 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum La Ligada 36 ta o‘yinda ishtirok etdi va jamoasining 5 ta goliga assistentlik qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.