«Paxtakor» Ukraina klubini yirik hisobda mag‘lub etdi


«Paxtakor» Turkiya yig‘inini g‘alaba bilan yakunladi. Ukraina chempionati vakili — Luganskning \"Zarya\" klubiga qarshi kechgan uchrashuvda \"sherlar\" 3:0 hisobida zafar quchishdi.
Har ikki jamoaning keskin hujumlari ostida kechgan bahsning birinchi bo‘limida Maxaradze va Sergeev raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. Tanaffusdan keyin raqib ustunroq harakat qilgan bo‘lsa-da, jamoamiz Alimovning aniq zarbasi evaziga hisobni yiriklashtirdi. Yirik hisobda g‘alaba qozongan \"Paxtakor\" Turkiya yig‘inini yakunladi.
Toshkentga qaytib kelgach, jamoa 24 fevral kuni Chempionlar ligasining 1-tur bellashuviga tayyorgarlik ko‘rishda davom etadi. Raqib nomi bugun Tehronda bo‘lib o‘tadigan \"Naft\" va \"Al Jaish\" o‘rtasidagi o‘yindan keyin ma’lum bo‘ladi.
Manba: www.std.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













