Davlat Bobonov ukrainalik raqibini yengib, chorak finalga chiqdi

Davlat Bobonov ukrainalik raqibini yengib, chorak finalga chiqdi
Foto:«Olympic.uz»
Dzyudochimiz Davlat Bobonov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida galdagi g‘alabasini tantana qildi.
Ikkinchi davrada vakilimiz ukrainalik Kejau Nxabaliga qarshi tatamiga ko‘tarildi.

Bellashuv davomida ukrainalik dzyudochi ta’qiqlangan harakat bilan hujumga o‘tgani uchun unga texnik mag‘lubiyat yozildi va Bobonov muddatidan avval g‘alaba qozondi.

Endi u yarim final yo‘llanmasi uchun gruziyalik Lasha Bekauri bilan hisob-kitob qiladi.
Agar Bobonov ikki bahsda yutsa, Olimpiada sovrindoriga aylanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.