Tokio—2020. Rustam Assakalov gruziyalik kurashchini yengib, chorak finalga chiqdi

Tokio—2020. Rustam Assakalov gruziyalik kurashchini yengib, chorak finalga chiqdi
Tokio—2020 Olimpiadasida bir qator o‘zbekistonlik sportchilar 3 avgust kuni o‘z ishtirokini o‘tkazdi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha -87 kg vazn toifasi vakili Rustam Assakalov 1/8 finalda gruziyalik Lasha Gobadzega qarshi kurash olib bordi. Unda O‘zbekiston vakili 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Qayd etish kerak, Gobadze 2019 yilda -82 kg vazn toifasida Jahon chempionati g‘olibiga aylangandi.

Assakalov keyingi bosqichda xorvatiyalik Ivan Huklekka qarshi to‘qnash keladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.