Sher Mamazulunov navbatdagi jangini o‘tkazdi

Sher Mamazulunov navbatdagi jangini o‘tkazdi
Bugun, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida \"Fair Fight\" turniri bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimizning eng mashhur K-1 jangchilaridan biri Sher Mamazulunov ham ringga ko‘tarildi.

U belaruslik Yevgeniy Volchekka qarshi jang qildi. Uch raundlik ushbu qarama-qarshilik keskin va shiddatli tarzda bo‘lib o‘tdi. Yakunda raqibiga nisbatan aniqroq va faolroq bo‘lgan hamyurtimiz chiroyli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mazkur muvaffaqiyat bilan sportchimiz va uning murabbiylarini muborakbod etamiz. G‘alabalar bardavom bo‘lsin!
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.