A Seriya. "Roma" mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

A Seriya. "Roma" mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi
Italiya A Seriyasi 4-tur doirasidagi \"Verona\" – \"Roma\" bahsi yakunlandi. Mazkur uchrashuvda maydon egalari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 36-daqiqasida \"bo‘rilar\" sardori Lorenso chiroyli gol urib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi. Ikkinchi taymni \"Verona\" tezkor gol bilan boshladi. 49-daqiqada Barak hisobni tenglashtirdi.

Bahsning 54-daqiqada Kaprari mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 4 daqiqa o‘tib, Pellegrining uzatmasidan so‘ng Ilich o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Bellashuvning 63-daqiqasida Faraoni super gol urib, yana jamoasini oldinga olib chiqdi. Shu hisob, uchrashuv so‘nggiga qadar o‘zgarmay qoldi.
Legionerimiz Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 66-daqiqada Mixitaryanga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi.

\"Verona\" \"Roma\" 3:2
Gollar:
0:1 – 36 Pellegrini, 1:1 – 49 Barak, 2:1 – 54 Kaprari, 2:2 – 58, avtogol Ilich, 3:2 – 63 Faraoni.
\"Verona\" – Montipo, Faraoni, Chekkerini (Manyani, 46), Gyunter, Davidovich, Lazovich (Kazale, 83), Bessa (Tamez, 65), Barak, Ilich, Kaprari (Ongla, 78), Simeone (Kalinich, 64).
\"Roma\" – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Smolling, 78), Manchini, Rojer, Kalafori (Mayoral, 78), Veretu (Karles Peres, 66), Kristante, Pellegrini, Dzanolo (El-Shaaravi, 65), Shomurodov (Mxitaryan, 65), Abraxam.
Ogohlantirishlar: Veretu (17), Faraoni (30), Barak (51), Kristante (71), Ongla (83), Kazale (86).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.