A Seriya. "Rim derbisi"da "Roma" mag‘lub bo‘ldi

A Seriya. "Rim derbisi"da "Roma" mag‘lub bo‘ldi
Italiya A Seriyasi 20-tur markaziy uchrashuvi yakunlandi. Rim derbisida maydon egalari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Andersonning uzatmasidan so‘ng Sergey-Milinkovich Savich hisobni ochishga erishdi. Oradan 9 daqiqa o‘tib, Pedro oradagi farqni yana bittaga oshirib qo‘ydi. Bo‘lim yakunlaniga yaqin Ibanes hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi taymni Sarri shogirdlari faol boshladi. 61-daqiqada bu o‘z samarasini berdi. Immobilening pasidan so‘ng Anderson hisobni ishonchli ko‘rinishga kelirib qo‘ydi. \"Bo‘rilar\"ning bahsdagi ikkinchi golini Veretu penaltidan kiritdi.

Legionerimiz Eldor Shomurodov o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 64-daqiqada Stefan El-Shaaravi o‘rniga tushdi.

Latsio – Roma 3:2
Gollar:
1:0 – 10 Milinkovich-Savich, 2:0 – 19 Pedro, 2:1 – 41 Rojer, 3:1 – 63 Felipe Anderson, 3:2 – 69, penalti Veretu.
Latsio – Reyna, Marushich, Acherbi, Luis Felipe, Xyusay, Leyva (Kataldi, 61), Luis Alberto (Akpa-Akpro, 66), Milinkovich-Savich, Pedro, Immobile (Muriki, 90), Felipe Anderson.
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Zalevski, 82), Manchini, Rojer, Vinya (Smolling, 82), Mxitaryan, Veretu, Kristante, Dzanolo (Karles Peres, 77), El-Shaaravi (Shomurodov, 64), Abraxam.
Ogohlantirishlar:Ruy Patrisiu (11), Leyva (24), Kristante (45), Vinya (48), Veretu (87), Kataldi (87).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.