Nihoyat chaqirishdi: Uzoq kutilgan chaqiruv!

Nihoyat chaqirishdi: Uzoq kutilgan chaqiruv!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi saralash uchrashuvlariga puxta tayyorgarlik olib borish maqsadida 2021 yilning 3-4 oktabr kunlari Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Mazkur yig‘in 9-12 oktabr kunlari Iordaniyaning Amman shahriga ko‘chadi va termamiz u yerda Malayziya hamda Iordaniya milliy jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

\"Navbahor\" matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, terma jamoamizning ushbu yig‘iniga Superliga so‘nggi turlarini barqaror o‘tkazib, muntazam ravishda darvozasi daxlsizligini saqlab kelayotgan “lochinlar” posboni O‘tkir Yusupov ham jalb etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.