10 oktabr tongida Fyuri va Uaylder o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tadi

10 oktabr tongida Fyuri va Uaylder o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tadi
Foto: Getty Images
AQSHning Las-Vegas shahrida Toshkent vaqti bilan 10 oktabr tongida og‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri (31-0-1, 21 KO) va sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder (42-1-1, 41 KO) o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tadi.

Jang oqshomi Toshkent vaqti bilan 06:45 da boshlanadi. Fyuri va Uaylder o‘rtasidagi bahs esa taxminan 09:00 atrofida boshlanadi.

Bokschilar bellashuvdan oldin tarozidan o‘tdi. Tayson 125,6 kg vazn qayd etgan bo‘lsa, Uaylder undan yengilroq chiqdi — 107,9 kg.

Bu mazkur bokschilar o‘rtasidagi uchinchi qarama-qarshilik bo‘ladi. Dastlabki jangda (2018 yil) durang qayd etilgan bo‘lsa, 2020 yilgi revanshda Fyuri nokaut evaziga g‘alaba qozongan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.