JCH-2022: Qatarda bo‘ladigan musobaqaga yo‘llanma olgan ilk milliy jamoa ma’lum bo‘ldi

JCH-2022: Qatarda bo‘ladigan musobaqaga yo‘llanma olgan ilk milliy jamoa ma’lum bo‘ldi
Foto: «Football-fun»
Germaniya milliy jamoasi safarda Shimoliy Makedoniyani tor-mor etdi — 0:4. Natijada nemis futbolchilari Qatarda 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati finaliga birinchi bo‘lib yo‘llanma olishdi.

Nemislarning «gol urmas» hujumchisi Timo Verner g‘alabaga eng ko‘p hissa qo‘shdi: 70 va 73-daqiqalarda dublni rasmiylashtirdi. Kay Xavers (50-daqiqa) va Jamol Musiala (83-daqiqa) hisobida bittadan gol bor.

21 ochko to‘plagan Germaniya terma jamoasi «J» guruhida birinchi o‘rinda ketmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.