O‘FA va Niderlandiya qirolligi futbol ittifoqi o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘FA va Niderlandiya qirolligi futbol ittifoqi o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Tomonlar kelajakda istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga doimo tayyor ekanligini ta’kidladilar.
Unda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov niderlandiyalik mutaxassislar Vouter Kuperus va Yuri Xonit bilan zamonaviy futbol texnologiyalari, sport tibbiyoti, sport direktori faoliyati, ayollar futboli, murabbiylar ta’limi, turli yoshdagi terma jamoalar o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik borasida fikr almashdi.

Vouter Kuperus Niderlandiya tajribasidan kelib chiqib, mamlakat futbolining muvaffaqiyati avvalo bolalar-o‘smirlar futboliga bog‘liqligi, yosh futbolchilarni tanlab olish va ularni tarbiyalash uchun yillar davomida ish olib borish muhim ekanligini aytib o‘tdi. Shuningdek, tomonlar kelajakda istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga doimo tayyor ekanligini ta’kidladilar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.