La Liga. "Real" mavsumdagi ilk "Klasiko"da g‘alaba qozondi

La Liga. "Real" mavsumdagi ilk "Klasiko"da g‘alaba qozondi
Ispaniya La Ligasi 10-turidan o‘rin olgan \"Barselona\" - \"Real\" uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda \"qaymoqranglilar\" 2:1 hisobida zafar quchdi.

32-daqiqada David Alaba uzoq masofadan yo‘llagan \"pushka\"si orqali hisobni ochdi. Hakam tomonidan asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqada Lukas Vaskes ikkinchi golni kiritdi. 97-daqiqada Serxio Aguero hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi.

Ushbu g‘alaba natijasida \"qaymoqranglilar\" ochkolari sonini 20 taga yetkazib oldi va peshqadamga aylandi. 15 ochko jamg‘argan \"ko‘k-anorranglilar\" onlayn jadvalda 8-pog‘onani band etgan.

\"Barselona\" - \"Real\" 1:2
Gollar
: 0:1 – 32 Alaba, 0:2 – 90+3 Lukas Vaskes, 1:2 – 90+7 Serxio Aguero.
\"Barselona\" – ter Stegen, Mingesa (Koutino, 46), Pike, Erik Garsiya, Alba, Buskets, de Yong (Serdji Roberto, 77), Gavi (de Yong, 85), Dest, Depay, Fati (Aguero, 74).
\"Real Madrid\" – Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes, Benzema, Vinisius Junior, Rodrigo (Valverde, 72).
Ogohlantirishlar: Pike (58), Mendi (80).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.