Luisma Ernandes: "Ikki hafta davomida birgina so‘z ustida ishladik"

Luisma Ernandes: "Ikki hafta davomida birgina so‘z ustida ishladik"
Superliganing 25-turidan o‘rin olgan \"Metallurg\" - \"Turon\" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Mavsum oxirida emotsiyalar birinchi o‘ringa chiqadi. Bundan tashqari, biz ikki hafta davomida faqat birgina so‘z ustida ishladik. Bu g‘alaba edi va biz 3 ochko uchun intildik.

- Jamoaning keyingi o‘yinda \"Qizilqum\"ni mag‘lub etgan holda, Superligada qolish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Biz uchun oxirgi final o‘yini qoldi. Bu \"Qizilqum\" bilan bahs bo‘ladi. FIFA kunlaridan foydalangan holda, \"Qizilqum”ni o‘rganib chiqdik. Bu jamoaga qarshi rejamizni ishlab chiqdik. Seshanba kundan boshlab tayyorgarlikka kirishamiz.

- Akbar Ismatullayevning maydonga tushmaganiga sabab nima edi?
- Unda jarohat bor.

- Jasur Abduraimov murabbiylik vaqtida Kamoliddin Tojiyev va Aleksandr Lobanovga deyarli imkoniyat bermayotgandi. Siz esa ularga ishonch bildirmoqdasiz. Buni qanday izoxlaysiz?
- Xabaringlar bor, “Metallurg\"ni qiyin vaziyatda qabul qilib oldim. Jamoani tahlil qilib, ularni asosiy tarkibda tushirdim. G‘alabaga erishdik va bu to‘g‘ri ekanligi oydinlashdi.

- Jamoani Superligada olib qolsangiz, sizga qanday rag‘bat va’da qilingan?
- Bu haqda o‘ylaganimiz yo‘q. Hozir asosiy e’tiborimizni Superligada qolishga qaratganmiz. Vazifani uddalasak, keyin bu haqda o‘ylashga vaqt bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.