Toshkentda jahon chempionatiga rasman start berildi

Toshkentda jahon chempionatiga rasman start berildi
«Yunusobod sport majmuasi»da og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, ushbu dunyo birinchiligida 90 ga yaqin mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Toshkentda jahon chempionatiga rasman start berildi
Ochilish marosimida Aziz Abduhakimov og‘ir atletika misolida so‘nggi ikki Olimpiya o‘yinlarida vakillarimiz oltin medalni qo‘lga kiritib kelayotgani, yaqinda Saudiya Arabistonida o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yoshlarimiz kuchli uchlikdan o‘rin olgani haqida gapirib, dunyo birinchiligining barcha ishtirokchilariga omad tiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.