"Nasaf" OCHL-2022 guruh bosqichiga chiqishi uchun qaysi jamoalar bilan qachon o‘yin o‘tkazadi?

"Nasaf" OCHL-2022 guruh bosqichiga chiqishi uchun qaysi jamoalar bilan qachon o‘yin o‘tkazadi?
O‘zbekistonda joriy yilgi futbol mavsumi yakunlandi. Mamlakat chempioni \"Paxtakor\" OCHL-2022 guruh bosqichida qatnashadi. O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan \"Nasaf\" OCHL plef-offidan yurishini boshlaydi.

Superligada ikkinchi o‘rinni egallagan \"So‘g‘diyona\" esa OCHL-2022 o‘tish o‘yinlarida qarshiliklarning g‘alabasini kutadi. Agar \"ajdarlar\" guruh bosqichiga yo‘l olsa, Ulug‘bek Baqoyev jamoasi OFK kubogida qatanashadi.

Buning uchun Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 5 aprel kuni dastlabki bosqichda \"Al Shorta\" bilan kuch sinashadi. Agar vakillarimiz g‘alaba qozonsa, 20 aprel kuni pley-offda \"Al Garafa\"ga qarshi maydonga chiqadi.

5 aprel. Dastlabki bosqich
\"Al Zavra\" - \"Al Jaish\"
\"Al Shorta\" - \"Nasaf\"

20 aprel. Pley-off
\"Al Garafa\" - (\"Al Shorta\" - \"Nasaf\" uchrashuvi g‘olibi)
\"Al Tavun\" - (\"Al Zavra\" - \"Al Jaish\" uchrashuvi g‘olibi)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.