"Real" qur’a natijalaridan norozi bo‘ldi

"Real" qur’a natijalaridan norozi bo‘ldi
Xabaringiz bor, texnik nosozliklar tufayli Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi qur’asi qayta o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Madridning \"Real\" klubi bunga qarshi bo‘lgan. Gap shundaki, madridliklar rahbariyati dastlabki qur’a natijalarining butunlay bekor bo‘lishini xato, deb hisoblaydi.

Ularning fikricha, nosozlik \"Real\" va \"Benfika\" jamoalari o‘zaro bahs olib borishi aniq bo‘lganidan so‘ng yuzaga kelgan. Shuning uchun, ular Portugaliya klubiga qarshi o‘yin o‘tkazilishi lozim edi, demoqda.

Ma’lumot uchun, endi \"qirollik klubi\" ancha jiddiy raqib - PSJ to‘sig‘idan o‘tishiga to‘g‘ri keladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.