"Neftchi" klubi "Nasaf" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin!

"Neftchi" klubi "Nasaf" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin!
Yakunlangan mavsumni \"Nasaf\" safida o‘tkazgan yarim himoyachi Doniyor Narzullayev jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli vingerga Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan \"Neftchi\" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Narzullayev yangi mavsumni farg‘onaliklar safida boshlaydi.
"Neftchi" klubi "Nasaf" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin!
Eslatib o‘tamiz, Doniyor o‘tgan mavsumda jami 26ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va bitta golga assistentlik qilgan.

Futbolchining \"ajdarlar\" bilan amaldagi shartnomasi ertaga yakunlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.