Jaloliddin Masharipovning transfer narxi ko‘tarildi

Jaloliddin Masharipovning transfer narxi ko‘tarildi
Transfer narxlari bilan shug‘ullanuvchi \"Transfermarkt\" portali futbolchilarning yangilangan bahosini ma’lum qildi.

Saudiya Arabistonining \"Al-Nassr\" jamoasi safida harakat qilayotgan legionerimiz Jaloliddin Masharipovning yangi narxi 3 million yevro (avval 2,8 million yevro edi) etib belgilandi.

Ushbu o‘zgarishdan so‘ng Masharipov o‘zbekistonlik futbolchilar orasida 3-o‘rinda joylashgan. Rimning \"Roma\" klubida o‘ynayotgan Eldor Shomurodov yurtimizdagi eng qimmat futbolchi sanaladi. Uning transferi 12 million yevroga baholangan. Ikkinchi o‘rindagi Otabek Shukurov (\"Sharja\" BAA) 3,5 mln yevro hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.