Samvel Babayan: Siz bugun “Navbahor”ning bir qismini ko‘rdingiz xolos

Superliganing 1-turidan o‘rin olgan \"Navbahor\" - \"Nasaf\" (0:0) bahsidan keyin mezbonlar ustozi Samvel Babayan fikrlarini bildirdi.
\"Bugun menimcha futbol bayrami u qadar o‘xshamadi. Yigitlar muxlislarni xursand qilish uchun biroz shoshib qolishdi.
Raqibimiz bir necha yillardan buyon barqaror o‘yin namoyish etib kelmoqda. Bundan tashqari, \"Nasaf\" bitta rasmiy o‘yin o‘tkazib bo‘ldi – Superkubok. Bugun biz g‘alabaga yaqinroq edik, bir nechta imkoniyatlar bo‘ldi. Afsuski, ular gol bilan yakunlanmadi.
Muxlislar bugun \"Navbahor-2022\"ni faqat qisman ko‘rishdi. Birinchi taymdagi dastlabki 20 daqiqa va uchrashuvning oxirgi 35 daqiqasida. Bu yil qiziqarli chempionat bo‘ladi deb o‘ylayman. O‘yinimizni yanada sifatli qilishga va muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz\", – dedi Babayan.
- \"Navbahor\"ga muxlislar yordam beradi deyishadi, ammo menimcha, bugun ular xalal bergandek bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi 10 daqiqada har bir pas noaniq ketaverdi...
- To‘g‘ri aytyapsiz. Muxlislarni xursand qilish uchun haddan ziyod istak bor edi. Klubga kelganimda aytganman, \"Navbahor\"da bosimga bardoshli futbolchilar o‘ynashi kerak deb. Bugun katta imtixon bo‘ldi. Xatolarni tahlil qilamiz.
- 1996 yilgi \"Navbahor\"da ishlagansiz, hozirgi va o‘sha jamoani taqqoslay olasizmi?
- Hozir ikki jamoani taqqoslash qiyin. 1996 yilda ham, hozir ham yaxshi futbolchilar jam bo‘lishgan. Ikki jamoa ham men uchun qadrdon. Xuddi 1996 yilgidek sifatli o‘yin ko‘rsatishga urinamiz.
- Andreyevga to‘p tushganida faqat \"ichkariga\" tepib yubormoqda. Siz shunday ko‘rsatma berganmisiz yoki o‘zini yo‘qotib qo‘ydimi?
- Andreyev ham, boshqa futbolchilar ham bosim natijasida ko‘p xato qilishdi.
- \"Navbahor\" Turkiyada 10 dan ziyod o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi, biroq bugun ko‘rdikki, jamoaviy o‘yindan asar ham yo‘q...
- Bugun yuqorida aytganimdek, ishqibozlar jamoaviy o‘yinning faqat bir qismini ko‘rishdi. Hali oldinda ancha qiladigan ishlarimiz bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!\"Bugun menimcha futbol bayrami u qadar o‘xshamadi. Yigitlar muxlislarni xursand qilish uchun biroz shoshib qolishdi.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.