Luisma Ernandes: "Yigitlar so‘nggi daqiqalarda xursand qilishdi"

Luisma Ernandes: "Yigitlar so‘nggi daqiqalarda xursand qilishdi"
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan \"Nasaf\" - \"Metallurg\" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida qatnashdi.

\"Juda ham qiyin o‘yin bo‘ldi. Bu mavsum safardagi ilk bahsda yigitlar oxirgi daqiqalarda xarakter namoyish etishdi va juda xursand qilishdi\", - dedi Luisma Ernandes.

- \"Nasaf\" haqida nima deya olasiz?
- O‘zbekistondagi eng yaxshi jamoalardan biri deb bilaman. O‘z o‘yin uslubi bilan boshqalardan ajralib turadi.

- O‘yindan oldin qanday natija kutgandingiz?
- Albatta, qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. Ikkala jamoa o‘z ishini professional darajada bajardi.

- O‘yin davomida jamoa sardorini almashtirdingiz. Buning sababi nimada?
- Fozil Musayev ajoyib futbolchi, faqat o‘yin davomidagi taktik o‘zgarishni amalga oshirdik.

- \"Metallurg\" o‘yin davomida tartibli himoyalandi, faqat gol o‘tkazib yuborgach hujumga o‘tdi va gol urishni uddaladi. Nima uchun bugun himoyaviy taktika tanlandi?
- Chunki qaysi jamoaga qarshi o‘ynashimizni bilgandik. Raqib kuchli bo‘lgani uchun himoyaga urg‘uni qaratdik. Urgan golimiz taktik jihatdan ajoyib bo‘ldi.

- Uchrashuvga 7 daqiqa qo‘shib berilganiga munosabatingiz qanday?
- Men 5-6 daqiqa qo‘shib beradi deb o‘ylagandim, o‘yin davomida juda ko‘p to‘xtalishlar bo‘ldi.

- \"Nasaf\"ning OCHLdagi imkoniyatini qanday baholaysiz?
- O‘zbekiston futbolini dunyoga tanitishda \"Nasaf\"ga omad tilayman.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.