Jaloliddin Masharipovning jarohati qanday? Klub matbuot xizmati ma’lumot berdi

Jaloliddin Masharipovning jarohati qanday? Klub matbuot xizmati ma’lumot berdi
Saudiya Arabistoni chempionati 24-turidan o‘rin olgan \"Al-Ittifoq\" va \"Al-Nassr\" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda riyodliklar safida harakat qilgan legionerimiz Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushgan edi. 43-daqiqada hamyurtimiz raqib bilan to‘qnashuvda qoshini yorib oldi va o‘yinni davom ettira olmagandi.

Klub matbuot xizmati futbolchimizning jarohati borasida ma’lumot berdi. Tekshiruvlarda Masharipovning yuz qismidagi jarohatdan tashqari, burun suyagi singani ham aniqlangan.

Bundan ko‘rinib turibdiki, u yaqin oradagi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. Jaloliddin Masharipov tezroq sog‘ayib, safga qaytishini tilab qolamiz!
Jaloliddin Masharipovning jarohati qanday? Klub matbuot xizmati ma’lumot berdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.