Robert Levandovski «Barselona»ga o‘tishga tayyorligini bildirdi

Robert Levandovski «Barselona»ga o‘tishga tayyorligini bildirdi
«Bavariya» hudumchisi Robert Levandovski faoliyatini «Barselona»da davom ettirishga tayyor. Sportitalia xabariga ko‘ra, polshalik hujumchi «ko‘k-anorranglilar» safiga o‘tishga tayyor va bu haqida «Barselona» vakillariga ma’lum qilgan.

Endi katalonlar «Bavariya» bilan kelishib olishiga to‘g‘ri keladi. Levandovskining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

33 yoshli Robert joriy mavsum «Bavariya» safida Bundesligada 27 ta o‘yin o‘tkazib, 31 gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.