Superliga. Mart oyining eng yaxshi murabbiyi ma’lum bo‘ldi

Superliga. Mart oyining eng yaxshi murabbiyi ma’lum bo‘ldi
Superligada mart oyining eng yaxshi murabbiyi nomi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, \"Qizilqum\" bosh murabbiyi Nikola Lazarevich oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Mutaxassis yakuniga yetib borayotgan oyda \"Qizilqum\" bilan 3 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ularning 2 tasida g‘alaba va bittasida durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati - 5:1.

Shuningdek, Lazarevich bilan bir qatorda eng yaxshi bo‘lish uchun Samvel Babayan (\"Navbahor\"), Slavche Voyneski (\"Paxtakor\") va Ulug‘bek Baqoyev (\"So‘g‘diyona\") o‘rin olgan edi.
Superliga. Mart oyining eng yaxshi murabbiyi ma’lum bo‘ldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.