Yangi mavsumdan boshlab APLda 5 futbolchi almashtirishga ruxsat beriladi

Yangi mavsumdan boshlab APLda 5 futbolchi almashtirishga ruxsat beriladi
Keyingi mavsumdan boshlab APL klublariga bir o‘yinda 5 ta futbolchi almashtirishga ruxsat beriladi. Bu haqida APL matbuot xizmati ma’lum qildi.

Premer Liga jamoalari 2022/23 yilgi mavsumdan boshlab 5 ta futbolchi almashtirish qoidasini qaytarishga kelishib oldi. Endi o‘yin davomida va tanaffusda 3 marta futbolchilarni almashtirish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, klublar yozgi transfer oynasi muddatini aniqlashtirib oldi. Unga ko‘ra, transfer bozori 10 iyunda ochiladi va 1 sentabr kuni yopiladi.

Bundan tashqari, APLda koronavirusga test topshirish qoidalariga ham o‘zgartirish kiritiladi. 4 apreldan boshlab futbolchi va xodimlarning haftasiga ikki marta topshiradigan testlari bekor bo‘ladi va faqat simptomatik testlarga o‘tiladi.

Premer Ligada 5 futbolchi almashtirish qoidasi 2020 yil may oyida yo‘lga qo‘yilgan edi. Ammo bir mavsumdan so‘ng bekor qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.