La Liga. "Barsa" o‘z darvozasi tomon 3 ta penalti belgilangan o‘yinda g‘alaba qozondi

La Liga. "Barsa" o‘z darvozasi tomon 3 ta penalti belgilangan o‘yinda g‘alaba qozondi
La Liga 32-turidan o‘rin olgan \"Levante\" - \"Barselona\" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda \"ko‘k-anorranglilar\" 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.

Mezbonlar futbolchilari Morales hamda Melero penaltidan Ter Shtegen darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, germaniyalik posbon yana bir 11 metrlik zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. \"Barsa\" tarkibida Pedri hamda Obameyang asosiy vaqtda gol urgan bo‘lsa, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Lyuk De Yong jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Levante – Barselona 2:3
Gollar
: 1:0 – 52, penalti Morales, 1:1 – 59 Obameyang, 1:2 – 63 Pedri, 2:2 – 83, penalti Melero, 2:3 – 90 de Yong.
Levante – Kardenas, Miramon, Postigo, Vezu (Kantero, 76), Rober, Son, Kampanya (Melero, 65), Radoya (Bardi, 76), Pepelu, Morales (Pubil, 90), Roxer Marti (Dani Gomes, 65).
Barselona – ter Stegen, Dani Alves (Langle, 81), Arauxo, Erik Garsiya, Alba, Buskets, de Yong (Gavi, 57), Niko Gonsales (Pedri, 56), Obameyang (de Yong, 84), Dembele (Traore, 84), Ferran Torres.
Ogohlantirishlar: Kampanya (11), Arauxo (87).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.