"Yunona" sayyoralararo avtomatik stansiyasi Yupiter orbitasiga etib keldi

"Yunona" sayyoralararo avtomatik stansiyasi Yupiter orbitasiga etib keldi
"Yunona" sayyoralararo avtomatik stansiyasi Yupiter orbitasiga etib keldi

Sayyoralararo avtomatik stansiya \"Yunona\" (Juno) bundan 5 yil oldin koinotga uchirilgan edi. Bugun u Yupiter orbitasiga etib bordi, deb xabar beradi interfax.ru sayti. Astronom olimlar kosmik stansiya yordamida ulkan sayyoraning nimadan tarkib topganini o‘rganishni hamda koinotning sirlariga kalit topishni maqsad qilishgan.

\"Dvigatel yaxshi ishladi, orbitaga etib borildi. Men sening barcha sirlaringni ochishga tayyorman. Yupiter. Bunga tayyor tur\", - deb yoziladi kosmik missiyaning tvitterdagi rasmiy sahifasida.

\"Yunona\" 2011 yilning 5 iyulida Yupiterni to‘liq tadbiq etish maqsadida koinotga chiqarilgan edi. U \"Galileo\"dan keyingi Yupiterning ikkinchi sun’iy yo‘ldoshiga aylandi. Yupiterga etib borgan kosmik stansiyalarning esa to‘qqizinchisi bo‘ldi.

Shu paytga qadar uchirilgan kosmik apparatlarning birortasi hali Yupiterga bunchalik yaqin kelmagan edi. Sayyoraning jadal radiasion belbog‘lari himoyalanmagan elektr tizimini juda tez ishdan chiqarar edi. \"Yunona\" esa ma’lum darajada ushbu holatlardan himoyalangan.


"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.