Telegram messenjerida yangi funksiyalar paydo bo‘ldi

Telegram messenjerida yangi funksiyalar paydo bo‘ldi
Telegram messenjerida yangi funksiyalar paydo bo‘ldi

Pavel Durovning Telegram messenjerida surat va videolarga niqoblar, stikerlar va matn qo‘shish funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqida loyihaning rasmiy blogida ma’lum qilindi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Foydalanuvchi suratni yuklayotganda taklif qilinadigan ro‘yxatdan istagan niqobini tanlashi mumkin bo‘ladi. Servis xodimlarining ma’lum qilishicha, Telegram niqob qo‘yilishi kerak bo‘lgan yuz qismini avtomatik tarzda aniqlaydi.
Telegram messenjerida yangi funksiyalar paydo bo‘ldi

Suratga o‘z kolleksiyangizdagi stikerlarni qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi. Shuningdek @stickers boti yordamida o‘z niqoblaringizni yuklash imkoni ham mavjud - buning uchun unga \"/newmasks\" buyrug‘ini berish zarur.
Telegram messenjerida yangi funksiyalar paydo bo‘ldi

Messenjerning iOS-versiyasida matnni formatlash funksiyasi paydo bo‘ldi.
Telegram messenjerida yangi funksiyalar paydo bo‘ldi[/center
Bundan tashqari, Telegram\'da yana bir yangi funksiya paydo bo‘ldi - yozilgan videoroliklardan GIF-animasiyalar yaratish: foydalanuvchi video olishi, undagi tovushni o‘chirib qo‘yishi va uni GIF-fayl sifatida yuklashi mumkin.

Shuningdek messenjerda mashhur stikerlar paneli paydo bo‘ldi, ularni ko‘zdan kechirib, xohlagan yozishmangizda qo‘llashingiz mumkin.
[center]Telegram messenjerida yangi funksiyalar paydo bo‘ldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.