Toshkentda Samsung Galaxy Note Edge smartfoni 3,2 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

Toshkentda Samsung Galaxy Note Edge smartfoni 3,2 mln so‘mdan sotuvga chiqdi
Toshkentda Samsung Galaxy Note Edge smartfoni 3,2 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

2014 yil sentyabrida rasman taqdim etilgan Samsung Galaxy Note Edge smartfoni — Galaxy Note 4’ning egilgan displeyli maxsus versiyasi O‘zbekistonda sotila boshladi, deya xabar bermoqda «Mobinfo.uz».

Galaxy Note Edge’ning o‘ziga xos jihati uning bir tomoni qayrilgan ekranga egaligidir. U 5,6 dyuymli va 2560×1600 pikselli QHD-displey, to‘rt yadroli Snapdragon 805 prosessori, 3 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira (+microSD), 16 megapikselli asosiy va 3,7 megapikselli old kamera bilan jihozlangan.

Smartfonning o‘lchamlari 151,3×82,4×8,3 mm, og‘irligi 174 grammga teng.

Poytaxtdagi «Fleshka» savdo majmuasida Galaxy Note Edge 3,2 million so‘mga sotilmoqda.

Manba: www.daryo.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.