AQSh Janubiy Koreya chip ishlab chiqaruvchilari faoliyatini Xitoyda cheklamoqda

AQSh Janubiy Koreya chip ishlab chiqaruvchilari faoliyatini Xitoyda cheklamoqda
AQSh hukumati Janubiy Koreyaning yirik chip ishlab chiqaruvchi kompaniyalari – Samsung va SK Hynix’ning Xitoydagi faoliyatiga cheklovlar qo‘ydi. Endi ular AQSh uskunalarini olib kirish uchun maxsus litsenziya olishlari kerak bo‘ladi.

Bu qaror 2022-yilda Xitoyga nisbatan joriy etilgan keng ko‘lamli cheklovlarning bir qismi hisoblanadi. Oldinroq Samsung va SK Hynix’ga bu qoidalardan istisno berilgan edi. Endi esa bu ruxsatlar bekor qilindi.

AQSh hukumati mavjud zavodlarni ishlatishga ruxsat berishini aytdi, ammo ularning kengaytirilishiga yoki yangi texnologiyalar kiritilishiga litsenziya bermasligini bildirdi. Bu esa kompaniyalar uchun katta to‘siq bo‘lishi mumkin.

Mazkur qaror AQShning o‘z chip uskunalari ishlab chiqaruvchilariga ham ta’sir qiladi. Masalan, KLA Corp, Lam Research va Applied Materials kabi kompaniyalar Xitoy bozorida savdo hajmini yo‘qotishi mumkin. Ularning aksiyalari allaqachon pasayib ketdi.

Mutaxassislarning fikricha, bu qadam Xitoy ichki bozoridagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Oqiljon Muhammad
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.