iPhone 18 Pro yangi ranglar bilan kutilmoqda

iPhone 18 Pro yangi ranglar bilan kutilmoqda

Apple kompaniyasi iPhone 18 Pro turkumidagi smartfonlar uchun klassik qora rangdan voz kechadi. Bu haqda insayder “Instant Digital” ma’lumotiga tayangan holda, “MacRumors” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple premium modellari uchun qora rangni olib tashlab, yangi va qiziqarli ranglar sinovdan o‘tkazilmoqda. Ilgari iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max flagmanlari ham qora yoki to‘q kulrang variantlarsiz chiqarilgan edi. Hozirda ular faqat kumushrang (Silver), to‘q sariq (Cosmic Orange) va to‘q ko‘k (Deep Blue) ranglarda mavjud.

“Bloomberg” jurnalisti Mark Gurmaning xabar berishicha, iPhone 18 Pro uchun to‘q qizil korpus varianti ham sinovdan o‘tkazilmoqda. Ilgari insayderlar binafsha va jigar rang versiyalar haqida gapirgan, ammo Gurman fikriga ko‘ra, bu barchasi qizil kontseptsiyaning turli ko‘rinishlari.

Shu bilan birga, kompaniya o‘zining bo‘lajak buklama iPhone modelida konservativ ranglarga e’tibor qaratadi. Space Gray yoki klassik qora, shuningdek, kumush yoki oq ranglar afzallikda bo‘lishi mumkin.

iPhone 18 Pro liniyasining rasmiy taqdimoti sentabr oyida kutilmoqda, buklama smartfon esa shu yilning keyinroq muddatlarida bozorga chiqishi ehtimol qilinmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.