Rossiya orbital stansiyasini sunʼiy intellekt boshqaradi

Rossiya orbital stansiyasini sunʼiy intellekt boshqaradi

Kelajakda barpo etiladigan Rossiya orbital stansiyasida (ROS) asosiy jarayonlarni boshqarish uchun sunʼiy intellekt texnologiyalaridan keng foydalanish rejalashtirilmoqda. Tizim kemalarning tutashuvidan tortib, stansiyaning umumiy faoliyatigacha boʻlgan jarayonlarni nazorat qiladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Roskosmos raqamli transformatsiya departamenti direktori Dmitriy Gorshkovning soʻzlariga koʻra, sunʼiy intellekt boshqaruv va funksionallik uchun javobgar boʻladi. Bu esa kosmonavtlarga stansiyani boshqarishga chalgʻimasdan, asosiy eʼtiborni ilmiy tajribalarga qaratish imkonini beradi.

Ushbu loyiha uchun sunʼiy intellekt tizimlarini ishlab chiqishda Rossiya sanoatining yetakchi vakillari, xususan, Sberbank (Sber) asosiy hamkor sifatida ishtirok etmoqda. Taʼkidlanishicha, bunday darajadagi avtomatlashtirish hozircha jahon kosmik stansiyalari amaliyotida deyarli qoʻllanilmagan.

ROS stansiyasining oʻzagi toʻrtta moduldan — ilmiy-energetika, universal uzelli, shlyuzli va bazaviy modullardan iborat boʻladi. Keyinchalik unga yana ikkita maqsadli modul ulanishi koʻzda tutilgan.

Rejaga koʻra, Rossiya orbital stansiyasi oʻzining yakuniy konfiguratsiyasiga taxminan 2034-yilga kelib ega boʻladi. Hozirda tizimning dasturiy taʼminoti va avtonom ishlash algoritmlari ustida ish olib borilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.