Singulyarlik yaqin: Google DeepMind rahbari sunʻiy intellekt kelajagini bashorat qildi

Singulyarlik yaqin: Google DeepMind rahbari sunʻiy intellekt kelajagini bashorat qildi

Google DeepMind bosh direktori Demis Hassabis sunʻiy intellekt rivojlanishidagi muhim burilish nuqtasi — texnologik singulyarlik davri yaqinlashayotganini maʻlum qildi. Google I/O konferensiyasida Axios hammuassisi Mayk Allen bilan suhbatlashgan Hassabis, kuchli sunʻiy intellekt agentlarining paydo boʻlishi ushbu jarayonni tezlashtirayotganini taʻkidladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Hassabis oʻz fikriga misol sifatida kechalari sunʻiy intellekt yordamida mini-videooʻyinlar yaratayotganini keltirib oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, ilgari bunday vazifalarni bajarish uchun oylab vaqt talab etilardi. "Joriy yilda biz koʻrayotgan va foydalanayotgan tizimlar orqali bu oʻzgarishlarni amalda his qila boshladik", — deya qoʻshimcha qildi u.

Ekspertning prognoziga koʻra, umumiy sunʻiy intellekt (Artificial general intelligence, AGI), yaʻni mashinalar inson darajasidagi aql-zakovatga ega boʻladigan davr 2030-yilga borib yetib keladi. Hassabis sunʻiy intellektning taʻsiri hali ham yetarlicha baholanmayotganini va u sanoat inqilobidan 100 baravar kuchliroq oʻzgarishlarga sabab boʻlishini qayd etdi.

DeepMind rahbari Silikon vodiysidagi baʻzi hamkasblaridan farqli oʻlaroq, mashinalar dunyoni egallab olishiga ishonmaydi. Garchi texnologiya maʻlum xavflarni keltirib chiqarsa-da, insoniyat undan ilm-fan va sogʻliqni saqlash sohasidagi eng murakkab muammolarni hal qilishda samarali foydalanishini taʻkidladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.