Samolyot tezligida uchuvchi Blackbird droni 730 km/soat tezlikka erishdi

Samolyot tezligida uchuvchi Blackbird droni 730 km/soat tezlikka erishdi

Ikki nafar amerikalik dron ishqibozi yaqinda ochiq maydonda Blackbird kodli nomi ostidagi modifikatsiya qilingan dronning sinov parvozini oʻtkazdi. Qurilma parvoz davomida soatiga 730 kilometr (453 mil/soat) maksimal tezlikka erishib, norasmiy jahon rekordini oʻrnatdi. Maʼlumot uchun, aksariyat tijoriy avialaynerlar oʻrtacha 885 km/soat tezlikda harakatlanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Loyiha mualliflari avvalroq, 2025-yil dekabr oyida soatiga 626 kilometr tezlik bilan rekord oʻrnatishgan edi, biroq keyinchalik bu natija boshqalar tomonidan yangilangan edi. Birinchilikni qaytarib olish maqsadida muhandislar oʻz dronini mutlaqo yangi propellerlar bilan jihozlashdi va sinov jarayonini YouTube kanalida namoyish etishdi.

Yoʻnalishdosh shamol yordamidagi sinov parvozi paytida dron soatiga 453 mil tezlikka chiqib, dastlabki rejalashtirilgan 441 mil/soat koʻrsatkichidan oʻzib ketdi. Shamol tezligi (34 mil/soat) chegirib tashlanganda, dronning sof tezligi soatiga 674 kilometrni tashkil etdi. Qarama-qarshi shamolga qarshi oʻtkazilgan yakuniy sinovda esa 640 km/soat tezlik qayd etildi.

Ikki yoʻnalishdagi parvozlarning oʻrtacha tezligi soatiga 685 kilometrni tashkil qildi. Garchi bu koʻrsatkich kutilgan 434 mil/soat marrasiga biroz yetmagan boʻlsa-da, amaldagi jahon rekordini yangilashga muvaffaq boʻldi. Ushbu texnologik yutuq dronlarning aviatsiya sohasidagi imkoniyatlari kengayib borayotganini yana bir bor isbotladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.