Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari o‘rtasida mablag‘larni o‘tkazish texnologiyasini patentlashtirdi


Apple kompaniyasi bir smartfondan ikkinchi smartfonga pul o‘tkazish texnologiyasini patentlashtirdi. Bu haqda «Patently Apple»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
iPhone egalari Wallet dasturi orqali pul o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. Verifikasiya sifatida mijozlarga barmoq izlaridan yoki telefon uchun paroldan foydalanish taklif etiladi.
iPhone foydalanuvchisi dastur yordamida telefonga bog‘langan kartani tanlab, pul o‘tkazish operasiyasini taklif etilgan usullardan biri orqali tasdiqlashi mumkin. To‘lovni qabul qiluvchi o‘tkazilayotgan summa va barcha to‘lov ma’lumotlari bilan tanishishi mumkin bo‘ladi.
Qayd etilishicha, Wallet dasturi eski Passbook xizmati negizida ishlaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













